Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari kesimida talabalar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvlariga 24.10.2023-yil sanasida start berilgan edi.
02.11.2023-yil sanasida navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi Tibbiyot va San’atshunoslik fakultetlari talaba-yoshlari bilan tashkil etildi. Universitet rektori talabalar bilan birma-bir suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini o‘rganib chiqdi. Ular bilan odob-axloq, ichki tartib qoidalar borasida suhbatlashdi. Muloqotda rektor tomonidan tibbiyot yo‘nalishi talabalarini Guliston tibbiyot klasteriga jalb qilish hamda san’atshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalar uchun Rishton keramika maktabi bilan hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan bildirgan taklifi talaba-yoshlar tomonidan mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlandi.
Bugungi ochiq muloqotda prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, rektor maslahatchisi, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar, profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar Kengashi raisi va psixologdan iborat jamoa ham talabalar bilan bevosita muloqot olib borishdi.
Universitet rektorining talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvlari davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
