Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvlari davom etmoqda
Avval xabar berganimizdek, Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning fakultetlar va ta’lim yo‘nalishlari kesimida talabalar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvlariga 24.10.2023-yil sanasida start berilgan edi.
03.11.2023-yil sanasida navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi Ishlab chiqarish texnologiyalari fakulteti talaba-yoshlari bilan tashkil etildi.
Universitet rektori talabalar bilan birma-bir suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini o‘rganib chiqdi. Ular bilan odob-axloq, ichki tartib qoidalar borasida suhbatlashdi. Muloqotda rektor tomonidan talabalar amaliyotini klaster xo‘jaliklarida, yog‘-moy ishlab chiqaruvchilari, shuningdek meva va sabzovotchilik xo‘jaliklarida tashkil etish yuzasidan bildirgan takliflari talaba-yoshlar tomonidan mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlandi.
Bugungi ochiq muloqotda prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, rektor maslahatchisi, dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar, profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar Kengashi raisi va psixologdan iborat jamoa ham talabalar bilan bevosita muloqot olib borishdi.
Universitet rektorining talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot uchrashuvlari davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
