🌱 «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirlari davom etmoqda
🌴Guliston davlat universiteti jamoasi tomonidan “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida ko‘chat ekish mavsumida universitet hududlariga ko‘chatlarni ekish tadbirlari davom etmoqda.
🌿Bugun mazkur umummilliy loyiha doirasida Guliston davlat universitetining Boyovut tumanida joylashgan Sitrqi bo‘limi hududida universitet rektori M.Xodjiyev boshchiligida prorektorlar, dekanlar va ularning o‘rinbosarlari, professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlar tomonidan yangi tashkil etilayotgan “Ota-onalar” va “Ustozlar” bog‘iga mevali va manlazarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Jarayonda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Sirdaryo viloyati boshqarmasi vakillari ham faol ishtorik etishdi.
☘️Umummilliy loyihada ko‘chat ekish tadbirlari universitetning Guliston va Yangiyer shahrlaridagi, shuningdek Boyovut, Oqoltin va Guliston tumanlaridagi hududlarida ham davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
