“Maʼnaviyat marafoni”ga start berildi

Bugun 10-noyabr kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida takshil etilgan “Maʼnaviyat marafoni”ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Univeristet rektori M.Xodjiyev, Sirdaryo viloyati hokimining yordamchisi Gʻ.Yusupov va Oʻzbekiston Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Sirdaryo vilyati boʻlimi rahbari M.Xayitov, O‘zbekiston Yoshlar ishlari Agentligi Sirdayo viloyati Kengashi raisi M.Sirojiddinovlar ishtirok etgan ochilish marosimida mazkur Marafonning ahamiyati va undan koʻzlangan maqsadlar toʻgʻrisida fikr bildirildi.

Marafon davomida kitobxonlik tadbirlari, sport musobaqalari, badiiy kechalar, shuningdek “Assalomu alaykum”, “Men odobning oʻgʻliman”, “Ajdodlar mardona ruhi bizga yor!”, “Oʻzbekiston – mening Vatanim!”, “Fazilatli avlod”, “Hayo – qiz bolaning ziynati”, “Oila – maʼnaviyat qoʻrgʻoni”, “Or-nomus – yigitning koʻrki”, “Kitob – mening eng yaqin doʻstim”, “Milliy maqom sanʼati”, “Odamiylik mulki”, “Alpomishlar oʻtgan bu diyor!”, “Vatanim bayrogʻini baland koʻtaraman”, “Milliy qadriyatlar” kabi oʻndan ortiq yirik loyihalar doirasida oʻtkaziladigan ellikdan ziyod tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?