16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
16-noyabr – Xalqaro bagʻrikenglik kuni

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining qaroriga koʻra, 1997-yild 16-noyabr – har yili butun dunyoda “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” sifatida nishonlab kelinadi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad  dunyo xalqlarini bagʻrikenglikka, tinchlikni asrab-avaylashga hamda ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikka erishishga chorlashdir.

Ushbu sanani Oʻzbekistonda nishonlash ham yaxshi anʼanaga aylangan. Ayni kunlarda yurtimizda Xalqaro bagʻrikenglik haftaligi boʻlib oʻtmoqda.

  Bugun-16-noyabr kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “Xalqaro bagʻrikenglik kuni”ga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbiri  oʻtkazildi. Tadbirni universitet rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi-matbuot kotibi B.Samadov olib bordi. Tadbir boshida “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” tarixi, YUNESKO tomonidan 1995-yilda qabul qilingan xalqaro bagʻrikenglik deklaratsiyasining ahamiyati va Oʻzbekistonda mazkur xalqaro huquqiy hujjat ijrosi borasida fikr bildirildi.

  Tadbirda soʻzga chiqgan Guliston davlat universiteti professori, Yoshlar murabbiysi R.Maxmudov koʻpmillatli yurtimizda turli elat va diniy konfessiya vakillarininrg yagona oila sifatida birlashib, tinch-totuvlikda yashab kelishayotganligi, davlat siyosatida tinchlik, totuvlik, tolerantlik bosh mezon sifatida eʼtirof etib kelinayotganligi borasida fikr bildirdi.

  Tadbirning badiiy qismida sanʼatshunoslik fakulteti ijodkorlari tomonidan bayramona kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

811 | 2023-11-16 20:19

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news