14465
Jami talabalar soni
6932
Kunduzgi ta'lim
7202
Sirtqi ta'lim
20
Kechki ta'lim
285
Magistratura
26
Xorijiy talabalar
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisining 2023-yil 23-avgustdagi 10-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasida tashkilot va ta’lim muassasalari tomonidan o‘z faoliyatlarida ochiqlikni ta’minlash, korrupsion xavf-xatarlarni oldini olish, ularni bartaraf etish kabi masalalarga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish nazarda tutilgan.
Guliston davlat universitetida yuqorida keltirilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida bir nechta tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, 2023-yil noyabr oyining dastlabki kunlarida universitetning Filologiya, Tibbiyot, San’atshunoslik va Ishlab chiqarish texnologiyalari fakultetlarida “Korrupsiya va uning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri” mavzusida profilaktik-targ‘ibot tadbirlari va davra suhbatlari tashkil qilindi. Tadbirga universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori D.Turdiboyev, ma’naviyat va yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Sh.Abdurasulov, korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i B.Xamzayev va universitet profilaktika inspektori A.Usmonovlar taklif qilindi. Tadbirda so‘z olganlar oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini doimiy oshirib borish, huquqbuzarliklarning har qanday ko‘rinishiga, ayniqsa korrupsiyaga qarshi murosasizlikka o‘rganish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi davlat va jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilishi, yoshlarning ayni vaqtda yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan to‘g‘ri maqsad yo‘lida foydalanib, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bilimlarni chuqur egallabgina jamiyat uchun kerakli kadr bo‘lib yetishib chiqishlari hususida fikrlarni bildirib o‘tdi.
Shuningdek, “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida universitetning boshqa fakultetlarida ham tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
B.Xamzayev
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish
bo‘limi boshlig‘i
Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi
KirishTalabalarga shartnoma asosida ko?rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi
KirishOliy ta?limdan keyingi ta?limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi
KirishIkkinchi mutaxassislikka shartnoma olish
KirishTalabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)
KirishInteraktiv xizmatlar ro'yxati
KirishIT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi
KirishMurojaat yuborish
KirishKelajak kasblarini egallang!
KirishOliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati
KirishBakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi
Kirish