Mening Konstitutsiyam-shaʼnim va qadrim himoyachisi!
Guliston Davlat Universiteti
Telefon (0367) 225-40-42
Faks (0367) 225-42-75
Bizning shior: Universitet obro'si har bir professor o'qituvchi, xodim va talabaning or-nomusi, iftixori va vijdon ishidir.           Asosiy maqsadimiz: Eng yetuk universitetlar qatoridan joy olish!           Ilm bir shu'la, dilga tushgan on Shunda bilursankim, ilm bepoyon...
Mening Konstitutsiyam-shaʼnim va qadrim himoyachisi!

8-dekabr-Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan qutlugʻ kun. Bugun Guliston davlat universitetining muhtasham Madaniyat saroyida mazkur sanaga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirni universitet rektori M.Xodjiyev kirish soʻzi bilan ochib berdi. M.Xodjiyev oʻz chiqishida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi tarixi, ushbu muhim qomusiy hujjat bilan bogʻliq muhim maʼlumotlar, Konstitutsiyadagi yangilanishlar va oʻzgarishlar borasida batafsil maʼlumotlar berdi. Shundan soʻng Davlat madhiyasi yangrab, tadbirning asosiy qismiga start berildi.
Tabrik uchun soʻz Sirdaryo viloyati prokurorining oʻrinbosari R.Quranboyevga berildi. R.Quranboyev oʻz nutqida jamoani bayram bilan samimiy tabriklab, talaba-yoshlarga oʻz konstitutsion huquqlaridan samarali foydalanishga chaqirib, Yangi Oʻzbekiston uchun munosib kadrlar boʻlib yetishish uchun tinimsiz oʻqib-izlanishlari lozimligi borasida fikr bildirdi.
Tadbir davomida 8-dekabr sanasiga bagʻishlab Sirdaryo viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan viloyatdagi mavjud oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan sport va intellektual mosobaqalar gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Unda futbol, qizlar oʻrtasida volleybol, shaxmat, zakovat intellektual oʻyini va tasviriy sanaʼt turlari boʻyicha gʻolib va sovrindorlar medal va esdalik sovgʻlari bilan, shu bilan birga faxriy 1-oʻrin sohiblari esa Viloyat prokurori kubogi bilan taqdirlanishdi.
Tadbir davomida universitet professori R.Mahmudov so‘zga chiqib, Bosh qomusimizning mazmun-mohiyati, uni o‘rganish va targ‘ib qilish masalalariga batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirning badiiy qismida Sanʼatshunoslik fakultetining ijodkorlari tomonidan bayramona kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

1341 | 2023-12-06 15:36

Talabalar kontingenti

16379

Jami talabalar soni

8000

Kunduzgi ta'lim

8209

Sirtqi ta'lim

49

Kechki ta'lim

121

Magistr

19

Xorijiy talabalar

Foydali manbalar

Bizning hamkorlar

Talabalar uchun foydali havolalar

Magistratura uchun Qabul

Oliy ta'lim muassasalarining magistratura bosqichiga kirish uchun onlayn ariza topshirish tizimi

Kirish

"Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmatlarni hisobga olish uchun billing tizimi"

Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish axborot tizimi

Kirish

PHD.MININNOVATION.UZ

Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi

Kirish

Shartnoma olish

Ikkinchi mutaxassislikka shartnoma olish

Kirish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish (1-kurs talabalari uchun)

Kirish

Interaktiv davlat xizmatlari talabalar uchun

Interaktiv xizmatlar ro'yxati

Kirish

Abiturient uchun foydali havolalar

IT park

IT Park O'zbekiston IT sohasining lokomativi

Kirish

Guliston davlat universiteti rektoriga murojaat

Murojaat yuborish

Kirish

IT Kasblar

Kelajak kasblarini egallang!

Kirish

Imtiyozlar

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat ta'lim yo'nalishlarga kirish uchun berilgan imtiyozlar ro'yxati

Kirish

Fanlar majmuasi

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi

Kirish

news