“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini shakllantirishda To‘ra Sulaymon ma’naviy merosining ta’siri” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘z ishini boshladi

2024-yil 23-may kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlarini shakllantirishda To‘ra Sulaymon ma’naviy merosining ta’siri” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumanining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirni  universitet rektori, professor Xodjiyev Muxsin Tadjiyevich kirish so‘zi bilan ochib berdi.

 Tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Maxmudaliyev Akmaljon Azimjonovich, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi Qodirova Fazilat Shukurovna, Turkiya Respublikasi Balikesir universiteti rektori Yucel Ogurlu, Siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Jo‘rayev, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Azizbek Turdiyevlar so‘zga chiqishdi.

 So‘zga chiqganlar Toʻra Sulaymon ijodini oʻrganish, uni targʻib qilish, farzandlarimizni tarbiyalashda shoirning ilmiy merosidan foydalanish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etishini, atoqli  shoir  Toʻra  Sulaymon  ijodiyotini  oʻrganish,  uning  sheʼrlari zamirida  yotgan  milliy  ruhiyat  ifodasini  anglash,  satrlari  mazmuniga  singib ketgan  xalqchil  ohanglardagi  gʻoyaviy  maqsadlarni  tadqiq  qilish  dolzarb masalalardan sanalishi haqida firk bildirishdi.

 Ilmiy-amaliy anjuman sho'balar kesimida o'z ishini davom ettirmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?