Qabul 2024: Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 3-kuni davom etmoqda
💠Avval xabar berganimizdek, 05.07.2024-yil sanasida Guliston davlat universitetida abituriyentlardan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berilgan edi. Bugun 08.07.2024-yil sanasida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 3-kuni davom etmoqda.
💠Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun universitetda imtihonlarni jonli efrida kuzatib borish imkoniyati yaratilgan “Ota-onalar kutish joyi” tashkil qilinib, Tibbiy xizmat, yosh bolali abituriyentlar uchun malakali pediator xizmati hamda tartibni saqlash uchun Milliy gvardiya zobitlari jalb qilingan.
💠 Guliston davlat universitetida abituriyentlardan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bugun-08.07.2024-yil sanasida yakunlanadi.
🔅 Eslatib o‘tamiz, Guliston davlat universitetida o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni quyidagi manzil orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin 👇
🎥 https://guldu.uz/uz/abituriyentlarga/qabul-2024-video/
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
