⚡️Qabul 2024: Ikkinchi va undan keyingi ta’lim bo’yicha o’qishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi

 

2024/2025-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

 

▪️Bunda nomzodlar platformada:

➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;

➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;

➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

 

☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 

Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan belgilanadi.

Videoqo'llanma:

 

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?