Yangi 2024-2025 o‘quv yili “Mustaqillik darslari" bilan boshlandi
Yangi o‘quv yili “Najot-ta'limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda!” shiori ostida tashkil etilgan “Mustaqillik darslari" bilan boshlandi.
Universitet rektori, akademik S.Gulyamov, prorektorlar va malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tilgan darslarda mustaqillikning tarixiy mohiyati, uni qo‘lga kiritish uchun kurashgan, ozod va obod vatanda farovon hayot kechirishni orzu qilgan ota-bobolarimiz, mustaqillikni qo‘lga kiritishdagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda o‘tgan 33 yillik tariximiz davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, tarixiy natijalar, amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi kabi mavzularda talabalar bilan suhbatlar, savol-javoblar, mulohazalar olib borildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
