Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev Turkiyaning Balikesir universitetida bo'ldi
Ushbu universitet imkoniyatlari va yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.
Joriy yil yakuniga qadar universitet yosh olimlarini stajirovkaga yuborish va hamkor universitet fakultet dekanlarini Guliston davlat universitetiga tashrif buyurishlari yuzasidan aniq dastur kelishib olindi.
Kelgusida hamkorlikda ikki universitet ilmiy jurnallarida bepul maqolalar chop etish va hamkorlikda konferentsiyalar tashkil etishga kelishildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
