“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidаgi tadbirlar boshlandi
Bugun 29-noyabr kuni “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli shoirlar Asror Mo'min, Mehribon Abdurahmonova va Shodi Otamurodlar ishtirokida bir qator ijodiy ucharshuvlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mazkur tadbirlar doirasida universitet prorektori Z.Zikriyayev adiblar bilan uchrashdi, suhbatda ijodiy uchrashuvlarning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi ahamiyati, o‘zbek adabiyotining istiqboli, ijdokor yoshlar qobiliyatini rivojlantirishdagi o‘rni yuzasidan fikr almashildi.
Mehmonlarga universitet ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari-san’atshunoslik fakultetining mohir talabalari ijodlarindan namunalar taqdim qilindi.
“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
