Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o'rinbosari Guliston davlat universitetida

Bugun, 25-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Radjabov Sardor Baxtiyorovich Sirdaryo viloyatiga qilgan xizmat safari doirasida Guliston davlat universitetida bo‘ldi.

Tashrif davomida Sardor Baxtiyorovich universitetning moddiy-texnika bazasi, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion loyihalar hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu jarayonda vazir o‘rinbosari talabalar turar joylarini, o‘quv laboratoriyalarini, zamonaviy dars xonalarini, sport maydonchalari va kutubxonani ko‘zdan kechirdi hamda ta’lim sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berdi.

Tashrif davomida shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning o‘qish, yashash va ijodiy faoliyatidagi sharoitlarni yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?