Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantiraylik
Universitetning Filologiya fakulteti 1-bosqich talaba-yoshlar ishtirokida “Korrupsiyaning oldini olishda - talaba-yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish” mavzusida profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorati” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Tuychiyev, bo‘lim bosh mutaxassisi U.Begimkulov va fakultet tyutori A.Quvatov tomonidan korrupsion xolatlarning oldini olish borasida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, kiritilayotgan yangiliklar va qabul qilingan qonun va normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida axborotlar berildi. Huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushuntirib o‘tildi.






Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


