ATROF-MUHITNI ASRASH XAR BIR INSONNING KONSTITUTSION BURCHIDIR

            Keyingi 20-30 yil ichida iqlim o'zgarishi oqibatlari O'zbekiston uchun ham, butun dunyo uchun ham tobora sezilarli bo'lib borayotganligi hech kimga sir emas. Ushbu tahdidlarga qarshi kurashish uchun mamlakatimizda uch yildan buyon «YAshil makon» tashabbusi va qo'shni davlatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Mintaqaviy iqlim strategiyasi amalga oshirilmoqda.

           Shuningdek, Toshkentda iqlim o'zgarishi masalalarini o'rganish bilan shug'ullanuvchi Markaziy Osiyo universiteti ham tashkil etildi hamda O'zbekiston BMT doirasida ikkita rezolyusiyani taklif etib, xalqaro maydonda ekologik tashabbuslarni faol ilgari surmoqda. Shu bilan birga, «yashil» energetika mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo'nalishiga aylanmoqda.

          Ushbu harakatlarning davomi sifatida davlatimiz rahbari tomonidan 2025 yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e'lon qilinganligi ham bejiz emas.CHunki, havo va suvning ifloslanishi, tuproq erroziyasi, cho'llanish, qazilma yoqilg'ilarni behisob ishlatish global isishga, tabiiy ofatlarning ko'payishiga olib kelmoqda, atrof-muhit va aholi sog'lig'iga zarar yetkazmoqda.

           Ushbu holatlarni oldini olish maqsadida mamlakatimizda uch yil avval “Yashil makon” umummilliy loyihasi boshlandi.Qo'shni mamlakatlar bilan birgalikda Mintaqaviy iqlim strategiyasini amalga oshirishga kirishildi.

           Ayni     vaqtda “yashil” energetika  ishlab chiqarish borasida juda katta loyihalar amalga oshirilmoqda, bir qancha viloyatlarda shamol va quyosh elektrostansiyalarini qurish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.  Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar bo'yicha davlat dasturini ishlab chiqishi belgilandi. Bu dasturda “yashil” texnologiyalarni joriy etish, suvni tejash, ko'kalamzor hududlarni keskin ko'paytirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, chiqindilar muammosini hal qilish, eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlash kabi masalalar ustuvor ahamiyat kasb etishi zarurligi ta'kidlandi.

            Shu sababli xar bir fuqaro atrof-muhitni himoya qilish va ekologik inqirozni oldini olish borasida Konstitusiyada belgilangan o'z burchini to'liq bajarishi, o'sib kelayotgan yoshlarni tabiatni himoya qilish borasidagi tarbiyasini shakllantirib borishi kerak deb hisoblayman. Shundagina biz keyingi avlod oldida o'zimizni eng asosiy  vazifalarimizdan birini bajargan deb xisoblasak bo'ladi.

              Viloyat sudi sudyasi A.Suvonqulov

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?