Adabiyot yashasa millat yashaydi
2018 yil 17 aprel kuni Guliston shahrida ulug’ mutafakkir, so’z mulkining sultoni Alisher Navoiy xiyobonida bunyod etilgan “Bilimdonlar maskani”da Guliston davlat universitetida tahsil olayotgan yosh ijodkorlar ishtirokida mushoira va ijodiy uchrashuv o’tkazildi.
Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati hokimi o’rinbosari O.Abdug’aniev, Guliston davlat universiteti rektori M.T.Xodjiev, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor R.Mahmudov, OAV xodimlari hamda Filologiya fakultetining professor-o’qituvchilari va barcha talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda Guliston davlat universitetining ijodkor talabalari o’rtasida mushoira o’tkazildi. Mushoira davomida talabalar ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning g’azallari hamda o’z ijodlaridan namunalar o’qishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
