🌳 Bugundan boshlab “Yashil makon” umummilliy loyihasining 2025-yilgi mavsumi doirasida respublika marafoniga start berildi
🌴15-mart sanasida Guliston davlat universitetida "Bu bog'lar bir bog'lar bo'ladi.." shiori ostida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida 2025-yilgi ko‘chat ekish mavsumida universitet hududlariga ko‘chatlarni ekish tadbirlari boshlandi.
🌿Bugun mazkur umummilliy loyiha doirasida Guliston davlat universitetiga tegishli bo'lgan yer uchastkalariga prorektorlar, dekanlar va ularning o‘rinbosarlari, professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlari va talaba-yoshlar tomonidan mevali va manlazarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Jarayonda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Sirdaryo viloyati boshqarmasi vakillari ham faol ishtorik etishdi.
☘️Umummilliy loyihada ko‘chat ekish tadbirlari universitetning Guliston va Yangiyer shahrlaridagi, shuningdek Boyovut va Guliston tumanlaridagi hududlarida ham davom etmoqda.
🌳 Yashil makon — bizning kelajagimizni yashartirish, tabiiy resurslarimizni asrash va atrof-muhitni himoya qilishda muhim qadam!
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
