Qadriyatlaring boqiy bo'lsin, Navroʻz!

Guliston davlat universitetida “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbirlari boshlandi.

Universitetning “Ma’naviyat va ma’rifat maydoni”da bayram tadbirlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori t.f.d. professor M.Xodjiyev tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Tabrik nutqida yasharish, yangilanish bayrami-Navro‘zning tarixi, uning xalqimiz milliy qadriyatlari orasidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shundan so‘ng universitetning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektori K.Kudratov tomonidan "Rektor kubogi" doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan sport va milliy o‘yinlar musobaqasiga start berildi.

Bayram munosabati bilan San'atshunoslik fakultetining ijodkor yoshlari tomonidan "Navro'z-go'zallik timsoli" mavzusidagi ijod ko'rgazmasi tashkil etildi.

Bayram tadbirlari davom etmoqda…

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?