Bitiruvchilar uchun mas'uliyatli daqiqalar boshlandi!
2025-yil 19-iyun kuni Guliston davlat universitetida Axborot texnologiyalari va fizika-matematika hamda Psixologiya va ijtimoiy fanlar fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar uchun bitiruv malakaviy ishi himoyasi boshlandi.
Himoya jarayoni oldidan fakultet dekanlari va “Registrator ofis” vakillari tomonidan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va tartib-qoidalar bo‘yicha tushunchalar berildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorati” tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari esa jarayonning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash bo‘yicha muhim tavsiyalar bilan chiqish qilishdi.
Bitiruvchilar o‘z ilmiy rahbarlari ishtirokida Davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari oldida bitiruv ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishmoqda.
Guliston davlat universitetida bitiruv malakaviy ishi va Davlat attestatsiyasi jarayonlari davom etmoqda.
Barcha bitiruvchi yoshlarga omad, ulkan zafarlar va yorqin kelajak yo‘lida dadil qadamlar tilaymiz!
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
