Guliston davlat universitetida 100 nafar yosh uchun xorijiy til kurslari tashkil etildi!
Sirdaryo viloyati rahbari E.Turdimov tomonidan oliy ta'lim muassasalari har yili 100 nafar yoshlarnga xorijiy tillarni o'rgatadigan kurslar tashkil etish topshirig'i ijrosini ta'minlash, yoshlarga xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish, ularni kelgusida talab yuqori bo‘lgan sohalarda raqobatbardosh kadrlar qilib tayyorlash maqsadida, universitetimizda 100 nafar yosh uchun xorijiy til kurslari tashkil etildi.
Ushbu kurslarda qatnashuvchilar:
– xorijiy tillarni yuqori darajada o‘rganadi;
– mutaxassisligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini boyitadi;
– kelgusida xorijiy kompaniyalar bilan ishlash va xalqaro loyihalarda faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Maqsadimiz – har bir talabani kelajakka tayyorlash, ularning til bilimi orqali yangi imkoniyat eshiklarini ochishdir.
Ta’lim sifati, zamonaviy o‘qitish metodikasi va yuqori malakali ustozlar – Guliston davlat universitetida!
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
