Guliston davlat universitetida yangi o‘quv yili boshlandi
2025-yilning 3-sentabr kuni Guliston davlat universitetida Yangi 2025/2026-o‘quv yilining ochilish marosimiga bag‘ishlangan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor M.T.Xodjiyev ochib berdi va tabrik nutqini so‘zladi. Universitet rektori tabrik so‘zida barcha rprofessor-o‘qitvuchilarni, talaba-yoshlar va ota-onalarni jonajon O‘zbekistonimiz Mustaqilligining 34 yilligi bilan tabriklab, 2025/2026-o‘quv yilida universitet jamoasining maqsad va vazifalari haqida qisqacha fikr bildiri.
Tadbir davomida viloyat Kasaba uyushmasi federatsiyasi raisi R.Turdimurodov, Mehnat faxriysi Q.Abdullayev, universitet prorektorlari va jamoatchilik vakillari ham tabrik so‘zlari bilan ma’ruza qilishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
