Dolzarb 90 kun: Kelajak muhandislari uchun yangi imkoniyatlar!

9-iyul kuni Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiev “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan to‘garaklar faoliyatini o‘rganish maqsadida Guliston shahridagi 5-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida rektor maktabda universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan “Robototexnika” to‘garagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur to‘garakda maktab o‘quvchilari hamda robototexnika, raqamli texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya sohalariga qiziqqan yoshlar uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda. Uchrashuv davomida rektor yoshlar bilan samimiy suhbatlashib, ularning o‘qish jarayonlari, o‘zlashtirish darajasi bilan qiziqdi. Shuningdek, taklif va fikrlarini tinglab, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Bugungi kunda Guliston davlat universiteti viloyatdagi maktablarda robototexnika xonalarini tashkil etib, zamonaviy uskunalar bilan jihozlamoqda. Maqsad – ushbu sohaga qiziqqan yoshlarni qamrab olib, ularda zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdir. Mashg‘ulot davomida mutaxassislar o‘quvchilarga qurilmalar ish tartibini amalda tushuntirib, ularni raqamli-texnologikik jarayonning bevosita ishtirokchisiga aylantirdi. Guliston davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlar izchil davom etmoqda.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?