Xushxabar!
Kurash bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g'oliblari aniqlandi. 30 iyul – 5 avgust kunlari Janubiy Koreyaning Goesan shahrida 25 mamlakatdan tashrif buyurgan eng kuchli kurashchilar mahorat sinashdi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zosi, Sirdaryolik Guliston davlat universiteti Sport faoliyati fakulteti talabasi ham munosib ishtirok etib yakunda:🥇-o'rin 52 kg vazn toifasida Ortiqboyeva Hilola yurtimiz sharafini himoya qilib g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
