GULISTON DAVLAT UNIVERSITETIDA INNOWEEK-2025 TANTANALI START OLDI!
Bugun, 2025-yil 11-sentyabr kuni, Guliston davlat universitetida “InnoWeek-2025” — Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi tadbirlarga rasman start berildi! Ochilish marosimida universitet rektori M.Xodjiyev nutq so‘zlab, ushbu haftalikning dolzarbligi va ahamiyati to‘g‘risida quyidagilarni ta’kidladi: “Innovatsiyalar — bu taraqqiyotning yuragi. “InnoWeek-2025” nafaqat ilmiy ishlanmalar va startaplarni namoyish etadi, balki yoshlarning yangicha fikrlashini, kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Bu haftalik — kelajak loyihalarining boshlanish nuqtasi.” Tadbir davomida ilmiy ishlanmalar va innovatsion mahsulotlar ko‘rgazmasi, startaplar festivali namoyish etildi. Bu haftalik — ijodkorlik, yangilik va kelajak sari dadil qadam tashlash maydoni! Tadbirdan eksklyuziv lavhalar va qiziqarli yangiliklarni kuzatishda davom eting!
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
