Guliston davlat universitetida tilshunoslik bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boshlandi
Bugun Guliston davlat universitetida “Tilshunoslikning amaliy masalalari: zamonaviy tilshunoslikning dolzarb muammolari, yechimlari, taraqqiyoti va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻz ishini boshladi. Anjumanning ochilish marosimida Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor D.Eshmurodovlar soʻzga chiqishib, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ahamiyati borasida fikr bildirishdi. Anjumandagi asosiy maʼruzalarda Guliston davlat universiteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari: F.Sharipov, I.Ermatov, H.Yodgorovlar hamda Turkiya Respublikasining Firat universiteti professori Cemile Uzun, Balıkesir universiteti professori Ertan Örgen va boshqa xorijiy davlatlarning yetakchi universitet olimlari nutq soʻzlashdi. Konferensiya oʻz ishini shoʻbalar kesimida davom ettirmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
