Ustoz — ma’rifat yo‘lini yorituvchi mehr quyoshi!

29-sentabr kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Muxsin Tadjievich Xodjiyev barcha professor-o‘qituvchilarni kasb bayramlari bilan tabriklab, ulkan maqsadlar sari fidokorona xizmat qilayotgan ustozlarga kuch-quvvat va ilhom tiladi.

Ushbu tantanada O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan va “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan ustozlar, shuningdek, ilm-fan va pedagogik faoliyatda yuksak natijalarga erishgan bir guruh professor-o‘qituvchilar tantanali ravishda taqdirlandilar.

Bayramning badiiy qismida San’atshunoslik fakulteti ijodkorlari, mohir xonanda va sozandalari, shuningdek, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining talaba-yoshlari tomonidan ustozlarni ulug‘lovchi kuy va qo‘shiqlar ijro etildi. Bu kun – mehr va muruvvat, ilm va ma’rifat, ustozlik va murabbiylik kabi buyuk qadriyatlarni ulug‘laydigan unutilmas bayram bo‘ldi!


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?