O‘zbek tili — millat iftixori va davlat ramzi!
Bugun, 21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Shu ma’noda bu sana xalqimizning milliy o‘zligini, ma’naviy qudratini, tarixiy iftixorini ifoda etuvchi ulug‘ bayram sanaladi. Joriy yil ushbu muqaddas sanaga 36 yil to‘ldi.
Shu munosabat bilan erta tongdan “Bilimdonlar maskani”dagi buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yilib, u zot xotirasiga chuqur hurmat-ehtirom ko‘rsatildi. Navoiy asarlaridagi ona tiliga bo‘lgan muhabbat va e’zoz bugun ham har bir yurtdoshimiz uchun ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tantanali tadbirda Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev boshchiligida professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda universitet jamoasi faol ishtirok etishdi. Ular ona tilining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, yosh avlod ongida milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishdagi ahamiyati haqida fikrlar bildirishdi.
O‘zbek tili — bizning milliy birdamligimiz va ma’naviy poyamizdir. Uni asrab-avaylash, sevish va kelajak avlodlarga sof holda yetkazish har birimiz uchun muqaddas burchdir.





Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



