"REKTOR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI
Guliston davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti talabalari va universitet rektori Muxsin Xodjiyev ishtirokida "Rektor va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
🫥Uchrashuvda namunali, faol va tashabbuskor talabalarning onalari tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Bu 1-bosqich talabalari uchun motivatsiya bo'ldi. Shuningdek, yoshlar ittifoqi koordinatorlari, tashabbuskor talabalar ham o'z takliflari bilan faol ishtirok etdi. Uchrashuv natijalariga ko'ra quyidagilarga erishildi:
1. Tabiiy fanlar dekani sovrini uchun fakultet talabalari o'rtasida kitobxonlik tanlovi o'tkaziladi.
2. Tabiiy fanlar fakulteti dekani o'rinbosari U.Xolboyev sovrini uchun qizlar o'rtasida futbol musobaqasi o'tkaziladi.
3. Universitet Xotin-qizlar Kengashi raisi sovrini uchun Tabiiy fanlar fakultetida tahsil olayotgan san'atsevar yoshlar o'rtasida qo'shiqlar tanlovi o'tkaziladi.
4. Universitet psixologi sovrini uchun fakultet talabalari o'rtasida onlayn videoroliklar tanlovlari o'tkaziladi.










Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



