Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Guliston davlat universitetida

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov Guliston davlat universitetiga tashrif buyurdi. Dastlab, Markaziy Kengash raisi universitetda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar, xususan, Ma'naviyat va ma'rifat markazi binosidagi yetakchi va koordinatorlar xonasi bilan tanishdi. 

X.Sattarov volontyor talabalar bilan muloqot qilib, ularning rejalari bilan qiziqdi. Shuningdek, "Draf dealer instaserialini ko'rib..." burchagi Markaziy Kengash raisida katta taassurot qoldirdi va bu ishlarni bardavom tashkil etish tavsiya etildi.

Markaziy Kengash raisi universitet rektori bilan muloqot qilib, yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti uchun yaratilgan imkoniyatlar uchun M.Xodjiyevga minnatdorlik bildirdi.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?