Prezident nutqi: global minbardan — milliy tafakkur sari
2025-yil 29-oktabr kuni Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida universitet rektori Muxsin Xodjiyev rahbarligida “Kelajak soati” rukni doirasida siyosiy-ma’rifat darsi o‘tkazildi. Mazkur dars “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi nutqi” mavzusiga bag‘ishlandi.
Ma’rifat darsida rektor M.Xodjiyev davlatimiz rahbarining mazkur nutqini chuqur tahlil qilib, unda ilgari surilgan muhim tashabbuslarning mazmun-mohiyatini talabalarga batafsil tushuntirib berdi. Xususan, kambag‘allikni qisqartirish, pedagoglar nufuzini oshirish, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish hamda yoshlar siyosatini yanada samarali yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan amaliy misollar keltirildi.
Tadbir davomida faol talabalar ham so‘z olib, Prezidentimizning nutqida ilgari surilgan g‘oyalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ular bu nutqni yoshlar uchun ilhom manbai, O‘zbekistonning xalqaro nufuzini oshirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida e’tirof etdilar.










Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
 
                    
.gif)


 O'zbekcha
 O'zbekcha Русский
 Русский English
 English 中文
 中文



 
                                     
                                    