Guliston davlat universiteti va Xitoyning Yangling Texnika Kolleji o‘rtasida muhim kelishuv!
Guliston davlat universitetining xalqaro hamkorlik doirasi yanada kengaymoqda!
2025-yil 5-noyabr kuni Xitoyning Yangling Texnika Kolleji vakillari Guliston davlat universitetiga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni universitet rektori Muxsin Xodjiyev samimiy kutib oldi va tomonlar o‘rtasida strategik hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Hamkorlik doirasida xitoylik mutaxassislar Guliston davlat universitetining quyidagi fakultetlarida o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradilar:
Qishloq xo‘jaligi
Biologiya
Kimyo
Ingliz tili
Ishlab chiqarish texnologiyalari
Bundan tashqari, Yangling Kolleji vakillari universitetimiz talabalarga xitoy tili fanidan ham dars beradi.
Hamkorlikning afzalliklari:
Xalqaro tajriba: Talabalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy mutaxassislardan bilim oladi.
Amaliy yo‘nalish: Xitoyning ilg‘or o‘quv dasturlari asosida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi.
Til va madaniyat: Talabalar xitoy tilini o‘rganib, ikki xalq madaniyati bilan yaqindan tanishadilar.
Mazkur hamkorlik Guliston davlat universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun zamonaviy bilimlar, amaliy tajriba hamda xalqaro maydondagi raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi!


.jpg)
.jpg)
Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



