G'ALABA!

19-noyabr kuni Guliston shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika bosqichi doirasida "Stritbol" yo‘nalishi bo‘yicha final bahslari o‘tkazildi.

Finalda Guliston davlat universiteti hamda O‘zDJTSU jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Keskin va shiddatli o‘tgan bellashuvlarda GulDU jamoasi ustunlikka erishib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib sportchilarni Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev tabriklab, ularga kelgusi musobaqalarda ham yuqori natijalar tiladi.

Hozirda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning boshqa sport yo‘nalishlari bo‘yicha final bahslari ham qizg‘in davom etmoqda. 


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?