XUSHXABAR!
19-noyabr kuni Guliston shahrida o‘tkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika bosqichi doirasida "Minifutbol" yo‘nalishi bo‘yicha yarim final uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Final yo‘llanmasi uchun Guliston davlat universiteti hamda Jizzax politexnika instituti jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda GulDU jamoasi g‘alabaga erishib, final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
G‘alaba munosabati bilan Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyev sportchi talabalarni tabriklab, jamoamizga final bahsida ham zafarlar tiladi.
Hozirda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning boshqa sport yo‘nalishlari bo‘yicha final bahslari ham qizg‘in davom etmoqda.





Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



