XUSHXABAR, G‘ALABA BIZ TOMONDA!
19-noyabr kuni Guliston shahrida o‘tayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika bosqichi yakuniy pallaga yetdi. “Minifutbol” yo‘nalishidagi final bahsida Guliston davlat universiteti va Termiz davlat pedagogika instituti jamoalari kuch sinashdi.
O‘ta keskin kechgan finalda GulDU jamoasi 4:1 hisobida aniq ustunlik bilan g‘alaba qozondi va musobaqa chempioni bo‘ldi. Bu natija yigitlarning mehnati, intilishi va jipsligi samarasidir. Balli, azamatlar!
Guliston davlat universiteti ma’muriyati jamoa sportchilari hamda ularning fidoyi murabbiylariga samimiy minnatdorchilik bildiradi!










Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



