Guliston davlat universiteti Xitoy bilan xalqaro aloqalar sari: Xitoy ta'lim tashkilotlari bilan tizimli hamkorlik yo'lga qo'yilmoqda
2025-yil 4-dekabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Guliston davlat universitetiga Xitoyning ta'lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish vazifasi berilgan edi. Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan Guliston davlat universiteti delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.
2026-yil 2-fevraldan boshlab universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Muxsin Xodjiyev boshchiligidagi delegatsiya, dastavval, Mamalakatimizning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchisi Farhod Arziyev bilan muloqot olib borib, O'zbekiston va Xitoyning so'nggi yillardagi do'stona va strategik rivojlanish yo'lidagi sherikchilik aloqalarini muhokama qilishdi. Mazkur tashrif ham bevosita yurtimizning Xitoydagi elchixonasi ko'magida tashkil etilgan bo'lib, tashrif rejasining samaradorligini oshirish va imkoniyatlardan unumli foydalanishga urg'u berildi.
Shundan so'ng Beifang international ta'lim tashkiloti rahbariyati bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilib, ta’lim, ilm-fan va texnologiya sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilindi. Ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan memorandum imzolandi.
Universitet delegatsiyasining Xitoyga tashrifi davom etmoqda.





Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



