Xitoyda yangi hamkor: Beifang ta’lim muassasasi

Avval xabar berganimizdek , ayni kunlarda rektor M.Xodjiyev boshchiligidagi Guliston davlat universiteti delegatsiyasi xizmat safari bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, universitetimiz vakillari Beifang avtomobilsozlik kasb-hunar ta’lim muassasasi rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv davomida ta’lim, ilmiy-amaliy hamkorlik, tajriba almashish hamda kadrlar tayyorlash yo‘nalishlarida ikki tomonlama manfaatli aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.


Muzokaralar yakunida Guliston davlat universiteti hamda Beifang Automotive Education Group o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum avtomobilsozlik sohasida kasbiy ta’limni rivojlantirish, ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.


Hujjat doirasida Guliston davlat universiteti huzurida xalqaro standartlarga mos avtomobilsozlik yo‘nalishidagi o‘quv-trening markazini tashkil etish, zamonaviy laboratoriyalar va o‘quv infratuzilmasini yaratish, o‘quv rejalari va o‘quv-uslubiy materiallarni birgalikda ishlab chiqish masalalari belgilandi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislar almashinuvi, Xitoyda malaka oshirish va stajirovkalar tashkil etish, bitiruvchilar uchun qo‘shma sertifikatlash va xalqaro malaka berish mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish ko‘zda tutilgan. Ushbu hujjat kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashuvini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi

Delegatsiyamiz a’zolariga Beifang avtomobilsozlik kasb-hunar ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasi, zamonaviy laboratoriyalari hamda ilmiy-innovatsion faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi, muassasa imkoniyatlari amaliy tarzda namoyish etildi.

Xizmat safari davom etmoqda.



Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?