Xalqaro hamkorlik yo‘lida muhim uchrashuv
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda rektor, professor M. Xodjiyev boshchiligidagi Guliston davlat universiteti delegatsiyasi xizmat safari bilan Xitoy xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Tianjin Light Industry Vocational Technical College rektori, professor Li Yunmei xonim hamda Guliston davlat universiteti rektori, professor M. Xodjiyev o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida xalqaro akademik va ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Xususan, Guliston davlat universiteti negizida “Lu Ban ustaxonasi”ni tashkil etish bo‘yicha batafsil muzokaralar olib borildi. Ushbu loyiha talabalarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish hamda ta’lim va sanoat integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuvda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish, talabalar almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, yengil sanoat sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida Guliston davlat universiteti rektori professor M.Xodjiyev professor Li Yunmei xonimni 2026-yil aprel oyida yetakchi professor-o‘qituvchilar delegatsiyasi bilan birgalikda Guliston davlat universitetiga taklif etdi.
Mazkur tashrif doirasida o‘quv jarayonini modernizatsiya qilish, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda uzoq muddatli strategik hamkorlikni mustahkamlash rejalashtirilgan. Universitet delegatsiyasining mazkur tashrifi Guliston davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish va talabalar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.






Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文



