Rektor murojaati

Guliston davlat universiteti rektori M.Xodjiyevning Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan muloqotida belgilangan vazifalalarni amalga oshirish bo‘yicha  murojaati

 

Aziz yoshlar! Qadrli talabalar!

Bugun mamlakatimiz hayotida, ayniqsa, talim va yoshlar siyosati sohasida yangi davr boshlandi. “Ko‘ksaroy” qarorgohida Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 60 mingga yaqin yoshlar vakillari bilan o‘tkazgan ochiq va samimiy muloqoti biz – oliy ta’lim mutasaddilari zimmasiga naqadar yuksak mas’uliyat yuklanganini yana bir bor anglatdi.

Prezidentimizning Yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz timsolida biz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni koramiz, degan sozlari har birimizning qalbimizda yangi Ozbekiston bunyodkorlariga bolgan ishonchni yanada mustahkamladi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan tarixiy vazifalardan keyil chiqib, men Guliston davlat universiteti rektori sifatida quyidagilarni shaxsiy masuliyat bilan elon qilaman:

Birinchidan, bitiruvchilar bandligi – oliy maqsadimiz. Oliygohimizni tamomlayotgan har bir yigit-qizning hayotda o‘z o‘rnini topishi, munosib daromadli ish bilan ta’minlanishi uchun shaxsan mas’ulman. Endilikda biz faqat diplom bermaymiz, balki har bir bitiruvchini ish beruvchi bilan “qo‘lidan tutib” uchrashtiramiz. Sirdaryodagi yirik klaster va korxonalar universitetning doimiy hamkoriga aylanadi.

Ikkinchidan, startap va innovatsiyalarga yashil yo‘lak. Prezidentimiz tomonidan taqdimoti o‘tkazilgan “President Tech Award” loyihasi biz uchun katta dasturilamaldir. Universitetimizda 1 million dollarlik mukofot jamg‘armasiga ega bunday tanlovlarda g‘olib bo‘la oladigan loyihalarni tayyorlash uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Talabalarimizning har bir innovatsion g‘oyasi universitet tomonidan moliyaviy va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi.

Uchinchidan, fan olimpiadalari va xalqaro e’tirof. Yurtimiz yoshlarining jahon fan olimpiadalaridagi zafarlari bizni ruhlantiradi. Guliston davlat universitetida xalqaro olimpiadalarga tayyorlaydigan maxsus “Iqtidorlar akademiyasi” faoliyatini yo‘lga qo‘yamiz. Maqsadimiz – talabalarimizni dunyoning eng nufuzli oliygohlari talablariga mos kadrlar qilib tarbiyalashdir.

To‘rtinchidan, “Ikkinchi imkon” va ijtimoiy himoya. Prezidentimiz ilgari surgan insonparvarlik g‘oyalari asosida, ijtimoiy himoyaga muhtoj, "Yoshlar daftari"dagi har bir talaba bilan individual ishlaymiz. Birorta talabamiz e’tiborsiz qolmaydi.

Muhtaram professor-o‘qituvchilar va pedagoglar! Sizlarning zimmangizdagi mas’uliyat bugun har qachongidan ortdi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, har bir ustoz o‘z yo‘nalishida yoshlarni til va kasb-hunar o‘rganishi, g‘oya va loyihalarini ro‘yobga chiqarishi uchun asosiy yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lishi shart. Biz pedagoglarimizning mahoratini endi faqat berilgan dars bilan emas, balki shogirdlarining hayotda erishayotgan yutuqlari, ularning bandligi va kreativ g‘oyalari qanchalik amaliyotga joriy etilgani bilan baholaymiz. Sizlarni yoshlarimizning porloq kelajagi yo‘lida yanada tashabbuskor bo‘lishga chaqiraman.

Qadrli talabalarim! Sizlarning har bir tashabbusingiz, har bir orzungiz – men uchun muhim. Mening eshigim Sizlar uchun har doim ochiq. Biz birgalikda Sirdaryo zaminidan yangi O‘zbekistonning haqiqiy qahramonlarini yetishtirib chiqaramiz.

Ishontirib aytamanki, davlatimiz rahbari tomonidan yaratilgan bu keng imkoniyatlar besamar ketmaydi. Biz – rektorlar jamoasi bor kuch va salohiyatimizni Sizning porloq kelajagingiz uchun safarbar etamiz.

 

 

Muhsin XODJIYEV

Guliston davlat universiteti rektori,

texnika fanlari doktori, professor

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?