Payshanba – yoshlar kuni: sportchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Yurtimizda “Payshanba – yoshlar kuni” sifatida belgilangan bo'lib, ushbu sana yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazish, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ularni har tomonlama rag‘batlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ana’anaga muvofiq, 19-mart kuni Guliston davlat universitetida navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” formati doirasida ochiq muloqot tashkil etildi. Bu galgi uchrashuv markazida sportchi talaba-yoshlar bo‘lib, ular bilan bevosita fikr almashish, ularning yutuqlari va muammolarini tinglashga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda universitet rektori M.Xodjiyev ishtirok etib, sportning turli yo‘nalishlarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan yoshlarni samimiy tabrikladi va ularning muvaffaqiyatlari universitet nufuzi uchun muhim ekanini ta’kidladi. Shuningdek, sportchilar safini kengaytirish, ularni yanada qo‘llab-quvvatlash va zarur shart-sharoitlarni yaxshilash borasida yoshlarning takliflariga alohida qiziqish bildirdi.

Ochiq muloqot davomida universitet Kasaba uyushmasi raisi A.Yusufaliyev hamda Xotin-qizlar maslahati kengashi raisi N.Sultonovalar ham so‘zga chiqib, talaba-yoshlar bilan ishlash, ularni rag‘batlantirish, ayniqsa sport va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?