“Karyera kuni”: bitiruvchilar uchun katta imkoniyatlar maydoni

Guliston davlat universitetida 19-mart kuni “Payshanba – yoshlar kuni” doirasida bitiruvchi talaba-yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash hamda mehnat bozoridagi real imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Karyera kuni” doirasida Mazkur muhim tadbir universitet rektori M. Xodjiyevning kirish so‘zi bilan ochib berildi. U o‘z nutqida bugungi kunda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ularni zamonaviy kasb va amaliy ko‘nikmalarga yo‘naltirish, shuningdek, oliy ta’lim muassasasi, ish beruvchi tashkilotlar va talabalar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni kuchaytirish dolzarb vazifa ekanini alohida ta’kidladi.

Tadbirda universitetning turli fakultetlaridan jami yuzlab bitiruvchi talabalar faol ishtirok etdi. Jumladan, Ishlab chiqarish fakultetidan 159 nafar, Raqamli iqtisodiyot fakultetidan 206 nafar hamda Tabiiy fanlar yo‘nalishidan 310 nafar bitiruvchilar qatnashib, o‘z kelajak kasbiy faoliyatlari yuzasidan muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Yarmarka davomida turli tashkilot va korxonalar vakillari tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va talab etiladigan ko‘nikmalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bitiruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan aniq va professional javoblar olishdi, bevosita muloqot orqali o‘z imkoniyatlarini baholashdi.

Shuningdek, tadbir jarayonida bitiruvchilarni kelgusida ish bilan ta’minlash maqsadida uch tomonlama shartnomalar (talaba – oliy ta’lim muassasasi – ish beruvchi tashkilot o‘rtasida) tuzish ishlari ham olib borildi. Bu esa yoshlarning bandligini ta’minlashda samarali va amaliy mexanizm sifatida xizmat qilmoqda.

Mazkur “Karyera kuni” va Mehnat yarmarkasi talaba-yoshlar uchun nafaqat bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish, balki o‘z kasbiy yo‘nalishini aniq belgilash, ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish va kelajak faoliyatini puxta rejalashtirishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.


Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?