Guliston davlat universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Uktam Salomovlar tashrif buyurdi

Guliston davlat universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Uktam Salomovlar tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1-son hamda PQ–2-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston davlat universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Uktam Salomovlar tashrif buyurdi.

 Mehmonlar dasltab universitetning faol talabalaridan tashkil topgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi vakillari bilan muloqot qilishdi. Uchrashuvda ta’lim muassasasida ichki tartibni mustahkamlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda yoshlar orasida huquqiy madaniyatni oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

 “Qalqon” guruhi a’zolari tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, talabalar o‘rtasida targ‘ibot ishlari hamda ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan tashabbuslar mehmonlar tomonidan yuqori baholandi.

 Muloqot vaqtida  Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev tomonidan “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyatini yanada rivojlantirish, uning qamrovini kengaytirish va samaradorligini oshirish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi. Jumladan,  guruh a’zolari sonini ko‘paytirish, profilaktik ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda talabalar bilan individual ishlashni kuchaytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

 Tashrif dasturi doirasida mehmonlar yaqinda foydalanishga topshirilgan zamonaviy Axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur markazda talabalar uchun qulay va zamonaviy o‘quv zallari, elektron va an’anaviy adabiyotlarga boy kutubxona fondi va mustaqil ta’lim olish uchun yaratilgan barcha shart-sharoitlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar universitetning ijodkor yoshlari, “Mushoira” klubi a’zolari hamda uyushmagan yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Yoshlar tomonidan ijodiy ishlar, she’rlar va adabiy loyihalar taqdim etilib, ularning fikr va tashabbuslari tinglandi.

huningdek, uyushmagan yoshlarga Guliston davlat universitetining moddiy-texnik bazasidan keng foydalanishlari yuzasidan tavsiyalar berildi.

Muloqotda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda bunday maskanlardan samarali foydalanish muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Mehmonlar yaqinda barpo etilgan markaziy o‘yingoh hamda unga tutash sport majmualarini ko‘zdan kechirdilar. Shu yerning o‘zida sportchi talabalar, jumladan Jahon va Osiyo chempionlari bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot davomida: sportchi yoshlarning erishgan yutuqlari, mashg‘ulot jarayonlari va mavjud sharoitlar, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Baxriddin Valiyev va Uktam Salomovlar chempionlar bilan bevosita suhbatlashib, ularning takliflarini tinglashdi. Ayniqsa, sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, professional murabbiylar bilan ishlashni kuchaytirish hamda yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Jahon va Osiyo chempionlari safini kengaytirish, iqtidorli talabalarni saralash va ularni tizimli tayyorlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Tashrif davomida Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari, jumladan Guliston davlat pedagogika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali faoliyati yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi.

Mehmonlarga hududdagi oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi,
 ta’lim sifati va zamonaviy o‘quv jarayonlari,
 ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalar hamda
talabalar bandligi va amaliyot tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Shuningdek, taqdimotda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik, ishlab chiqarish bilan integratsiya, hamda bitiruvchilarning mehnat bozoriga moslashuvi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida Baxriddin Valiyev va Uktam Salomov tomonidan ta’lim sifatini yanada oshirish, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini kuchaytirish hamda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish

Guliston davlat universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Uktam Salomov tashrifi doirasida Viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish hududiy boshqarmasi faoliyati va istiqbolli rejalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda hududda kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlarni aniq kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha yoritildi.

Xususan, kasb-hunar maktablari va texnikumlarda joriy etilgan zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari, ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan o‘quv jarayonlari, dual ta’lim tizimi asosida olib borilayotgan amaliy mashg‘ulotlar hamda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha mexanizmlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, yaqin istiqbolda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar, yangi mutaxassisliklar ochish hamda hudud iqtisodiyoti ehtiyojlaridan kelib chiqib malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Taqdimot yakunida Bahriddin Valiyev va Uktam Salomov tomonidan kasbiy ta’lim samaradorligini oshirish, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitishni kengaytirish hamda yoshlarning bandligini ta’minlash borasida muhim tavsiyalar berildi.

Guliston davlat universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Uktam Salomov tashrifi kun tartibiga muvofiq, mehmonlarga Guliston davlat universitetining ijodkor va tadqiqotchi yoshlari tomonidan yaratilgan ilmiy ishlanmalar, startap va innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Ko‘rgazmada zamonaviy texnologiyalarga asoslangan startap loyihalar, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, amaliy ahamiyatga ega innovatsion ishlanmalar keng namoyish qilindi.

Xususan, taqdim etilgan loyihalar Sirdaryo viloyatini innovatsion hududga aylantirish, ishlab chiqarishga ilm-fanni joriy etish, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida samaradorlikni oshirishga qaratilgani bilan ajralib turdi.

Shu bilan birga, tadbir doirasida ijodkor yoshlar tomonidan jonli ijroda kuy-qo‘shiqlar yangradi. Universitet orkestr jamoasi hamda badiiy guruhlar chiqishlari tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishlab, ilm-fan va san’at uyg‘unligini yaqqol namoyon etdi.

Mehmonlar yoshlar tomonidan ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslar bilan yaqindan tanishib, ularning amaliy ahamiyati, tijoratlashtirish imkoniyatlari hamda kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, Bahriddin Valiyev va Uktam Salomov tomonidan istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliyotga joriy etish hamda iqtidorli yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish yuzasidan muhim ko‘rsatmalari berishdi.

Guliston davlat universiteti Madaniyat saroyida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida muhim va qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiyev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Uktam Salomov tashrif buyurib, yoshlar bilan samimiy va ochiq muloqot olib bordi.

Tadbirda Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari hamda uyushmagan yoshlar faol ishtirok etdi.

Muloqot davomida yoshlarning ta’lim sifati, amaliyot va bandlik masalalari, jinoyatchilik profilaktikasi, xavfsizlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ilmiy-tadqiqot ishlari, startap loyihalari va innovatsion tashabbuslar muhokama qilindi.

Talabalar o‘z takliflari bilan chiqib, amaliy laboratoriyalarni kengaytirish, zamonaviy o‘quv bazasi yaratish, startap va innovatsion loyihalarni rag‘batlantirish hamda ijtimoiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalarini taqdim etdi.

Baxriddin Valiyev va Uktam Salomov barcha taklif va tashabbuslarni diqqat bilan tinglab, ularni amaliyotga joriy etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilmiy va ijodiy salohiyatni rivojlantirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalarni berdilar.

Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo’nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ1-sonli Qarori ijrosini ta’minlash ishlarida faollik korsatayotgan talabalar va uyushmagan yoshlarning bir guruhi moddiy va ma’naviy ragbatlantirildilar.














Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?