“Dasturchi qizlar” loyihasi doirasidagi to‘garak faoliyati
28.03.2026-yil kuni Universitet Xotin-qizlar kengashi raisi N. Sultonova tomonidan Akademik litseyda faoliyat olib borayotgan “Dasturchi qizlar” loyihasi doirasidagi to‘garak faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
N.Sultonova to‘garak a’zolari bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularning IT sohasiga bo‘lgan qiziqishlari, kelajakda o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlari bilan yaqindan tanishdi. Suhbat jarayonida yoshlarning intilishlari qo‘llab-quvvatlanib, ularga zarur tavsiya va yo‘nalishlar berildi. To‘garak Akademik litsey o‘qituvchisi Marg‘uba Rizqulova rahbarligida to‘garakda 14 nafar o‘quvchi-qiz muntazam ravishda ishtirok etmoqda.
Shuningdek, 28-mart kuni IT Community Roadshow doirasida o‘tkazilgan, sun’iy intellekt va IT sohasida karyera qurishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirda to‘garak a’zolaridan biri — Madina Hakimova muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu esa yoshlarning nafaqat nazariy, balki amaliy bilimlarini ham mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.




Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


