Professor Serkan Sari (Turkiya)

Balıkesir University bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum doirasida mazkur universitetning Tarix kafedrasi professori Serkan Sari Guliston davlat universitetiga rasmiy tashrif buyurdi.

 Tashrif davomida universitet tarix kafedrasi o‘qituvchilari hamda tarix yo‘nalishi talabalari bilan mazmunli uchrashuvlar tashkil etildi. Professor-o‘qituvchilar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlarda Turkiyada tarix sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, zamonaviy yondashuvlar va nufuzli ilmiy nashrlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

 Shuningdek, professor Serkan Sari Turkiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro simpozium haqida ma’lumot berib, unda kafedra o‘qituvchilarining ishtiroki muhim ekanini ta’kidladi. Uchrashuv doirasida u tarix yo‘nalishining 1-bosqich talabalari bilan erkin muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi tarixiy aloqalar, madaniy yaqinlik hamda hamkorlik istiqbollari yuzasidan qiziqarli va ilmiy asoslangan fikrlar bildirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring
Eleanor Fant
Headmaster
Fig Nelson
Language Teacher
Hanson Deck
Special Education Teacher

Studentmisiz?