Guliston davlat universitetida TANG International Education Group vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Uchrashuvda universitet rektori M.Xodjiyev "TANG Uzbekistan" kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi.
Tashrif doirasida "TANG Uzbekistan" tomonidan quyidagi vakillar ishtirok etdi:
Lin Qian xonim – TANG Uzbekistan prezidenti,
Wang Mingyan xonim – biznes rivojlantirish direktori,
Yakubov Nozim – maslahatchi.
Ma’lum qilinishicha, TANG xalqaro kasbiy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot bo‘lib, Ningxia Vocational and Technical College bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar
Jumladan: universitet va TANG o‘rtasida barqaror hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ta’lim sohasiga investitsiyalarni jalb etish, xitoy tili mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni tashkil etish, xitoy tilini o‘qitish bo‘yicha zamonaviy onlayn kurslarni yo‘lga qo‘yish,
professor-o‘qituvchilarni Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida qisqa va uzoq muddatli stajirovkalarga yuborish, Xitoy universitetlari bilan talabalar almashinuv dasturlarini tashkil etish.
Uchrashuv yakunida TANG International Education Group yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha Guliston davlat universitetiga amaliy ko‘mak berishga tayyor ekanligini bildirdi.







Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


