Payshanba — yoshlar kuni!
2026-yil 14-may kuni Guliston davlat universitetida “Payshanba — yoshlar kuni!” doirasida universitet rektori M.Xodjiyev bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Mazkur ochiq muloqotda yosh olimlar — tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar faol ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yosh tadqiqotchilarning ilmiy va innovatsion faoliyati, olib borayotgan ilmiy izlanishlari, PhD va DSc dissertatsiyalarining bugungi holati, ilmiy maqolalar va nashr ko‘rsatkichlari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, xalqaro ilmiy bazalardagi maqolalar sonini ko‘paytirish hamda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Rektor M.Xodjiyev tomonidan har bir yosh tadqiqotchi bilan individual suhbat olib borilib, ularning taklif va tashabbuslari, mavjud muammo hamda ehtiyojlari bilan yaqindan tanishdi. Yosh olimlarga ilmiy ishlarni sifatli va samarali yakunlash, zamonaviy ilmiy yondashuvlardan unumli foydalanish hamda ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
,

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


