Tarixiy zafar: Guliston davlat universiteti futzalchilari Istanbulda chempion bo‘ldi!
Bu — shunchaki g‘alaba emas. Bu — Sirdaryo yoshlari, o‘zbek talabalari va Guliston davlat universiteti tarixiga oltin harflar bilan yozilgan buyuk muvaffaqiyat!
2026-yil 14-may kuni katta ishonch va ulkan orzular bilan Turkiyaning Istanbul shahriga yo‘l olgan Guliston davlat universiteti futzal jamoasi bugun xalqaro maydonni zabt etdi!
2026-yil yilning 14–17-may kunlari Turkiyada an’anaviy tarzda tashkil etiladigan nufuzli “45-Sports Fest 2026” xalqaro sport festivalida universitetimiz jamoasi mutlaq ustunlik bilan musobaqa chempioniga aylandi!
Dunyoning 25 dan ortiq davlatidan, 70 dan ziyod universitetlardan 1000 nafardan ziyod talaba-sportchilar qatnashgan xalqaro turnirda Guliston davlat universiteti azamatlari chinakam jasorat, mahorat va chempionlarga xos xarakter namoyish etdi.
Musobaqa davomida jamoamiz:
Turkiyaning “BOUN” jamoasini 7:1,
Livanning “Sports Fusion” jamoasini 9:2 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l olgan edi.
Va nihoyat — hal qiluvchi final!
Chempionlik uchun kechgan murosasiz bahsda Guliston davlat universiteti futzal jamoasi Livandan tashrif buyurgan “Livan Sport Universiteti” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Finalda esa haqiqiy futbol shousi namoyish etildi!
Guliston davlat universiteti futzalchilari raqibini ishonchli tarzda 10:0 hisobida tor-mor etib, xalqaro turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritdi!
10 ta gol!
Mutlaq ustunlik!
Va xalqaro chempionlik!
Bugun Guliston davlat universiteti yoshlari nafaqat universitetimiz, balki butun O‘zbekiston sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilib, dunyo e’tiborini o‘ziga qaratmoqda.
Guliston davlat universiteti jamoasini, murabbiylarini va talaba-yoshlarini ushbu tarixiy g‘alaba bilan samimiy muborakbod etamiz!




Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


