Nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish usulini bilasizmi?
Jamiyatda
turli xil nizolar va kelishmovchiliklar doimo uchrab turadi. Bunday
vaziyatlarda masalani sud orqali hal qilish ko‘p vaqt va xarajat talab qiladi.
Mediatsiya - bu ikki yoki undan ortiq tomon
o‘rtasidagi nizoni hal qilish uchun betaraf uchinchi shaxs - mediator yordamida
olib boriladigan muzokara jarayonidir. Mediator tomonlar o‘rtasida muloqotni
tashkil qiladi, lekin qaror qabul qilmaydi. Qarorni tomonlarning o‘zi qabul
qiladi.
Mediatsiya
jarayoni quyidagi asosiy tamoyillarga asoslanadi:
1. Ixtiyoriylik
— tomonlar mediatsiyada
ishtirok etishni ixtiyoriy ravishda tanlaydi.
2. Maxfiylik — mediatsiya jarayonida aytilgan
ma’lumotlar sir saqlanadi.
3. Betaraflik — mediator barcha tomonlarga bir xil
munosabatda bo‘ladi.
4. Tenglik — har bir ishtirokchi o‘z fikrini erkin
bildirish huquqiga ega.
Mediatsiyaning
afzalliklari:
Mediatsiya
sud jarayoniga nisbatan qator afzalliklarga ega:
·
Nizo tez hal qilinadi
·
Kam xarajat talab qiladi
·
Tomonlar o‘rtasidagi munosabat saqlanib qoladi
·
Jarayon maxfiy bo‘ladi
·
Tomonlar
o‘zaro manfaatli qarorga kelish imkoniyatiga ega bo‘ladi
Mediatsiya qo‘llaniladigan sohalar
Mediatsiya turli sohalarda qo‘llanilishi mumkin:
·
Oilaviy nizolar
·
Fuqarolik ishlari
·
Tijorat nizolari
·
Mehnat munosabatlari
·
Ta’lim muassasalaridagi
kelishmovchiliklar
Xulosa qilib aytganda, mediatsiya -
nizolarni tinch, adolatli va samarali hal qilish usuli hisoblanadi.
U
jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish, odamlar o‘rtasida o‘zaro tushunishni mustahkamlash
va sudlarga tushadigan yukni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.
Sirdaryo viloyati sudining sudyasi N.Sangirov
Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi sudya yordamchisi Yu.Abizov

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文


