“Yangi o‘quv yiliga qabul jarayonida bosh mezon – ochiqlik, shaffoflik va adolat!”
Universitetda yangi 2026/2027 o‘quv yili qabuli boshlanganligi munosabati bilan universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan qabulga mas’ul barcha professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar bilan yig‘ilish tashkil qilindi.
Tadbirda bo‘lim boshlig‘i M.Tuychiyev qabul jarayonlarida shaffoflikni va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash, qabul bilan bog‘liq har qanday bosqichda korrusion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, salbiy oqibatlarni oldini olishda hamma birdek o‘zida mas’uliyatni zimmasiga olishi yuzasidan batafsil tushuntirib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida qabulga mas’ul barcha professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlardan suhbat varaqlari to‘ldirilib olindi va rasman ogohlantirildi.




Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

.gif)


O'zbekcha
Русский
English
中文
