Qabul 2026: Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiruvchi abituriyentlar diqqatiga

2026–2027-o‘quv yili qabuli doirasida kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etuvchi abituriyentlar quyidagilarga alohida e’tibor qaratishlari so‘raladi.

✅ Har bir abituriyent kasbiy (ijodiy) imtihon uchun ruxsatnomani oldindan yuklab olib, chop etilgan (qog‘oz) nusxasini imtihonga olib kelishi shart.

Ruxsatnomada abituriyentning imtihon sanasi, vaqti, manzili hamda guruhi ko‘rsatilgan.

🔗Ruxsatnomani quyidagi havola orqali yuklab olishingiz mumkin:
https://my.uzbmb.uz/allow/creative-allow


📌 Imtihonga kelishda quyidagi hujjatlar majburiy:

Kasbiy (ijodiy) imtihon uchun ruxsatnoma (chop etilgan holda);

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (ID-karta yoki pasport);

Yo‘nalish xususiyatidan kelib chiqib talab etiladigan anjomlar (masalan, sport yo‘nalishlari uchun sport kiyimi).

⏰ Abituriyentlardan imtihon boshlanishidan kamida 1 soat oldin belgilangan imtihon manziliga yetib kelishlari so‘raladi.

Guliston davlat universiteti qabul komissiyasi

Ijtimoiy tarmoqlarda baham ko'ring

Studentmisiz?